Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Aprel, 2026   |   25 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:28
Asr
17:05
Shom
19:06
Xufton
20:22
Bismillah
14 Aprel, 2026, 25 Shavvol, 1447

Qabristonga borganda tik turib Qur'on o'qish va duo qilish kerakmi?

05.02.2024   4675   3 min.
Qabristonga borganda tik turib Qur'on o'qish va duo qilish kerakmi?

Cavol: Qabristonga borganda tik turib Qur'on o'qish va duo qilish kerakmi. O'tirib qiroat qilsa, makruh bo'ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.

Fiqhiy manbalarimizda qabrlarni ziyorat qilganda turib duo qilish sunnatligi, lekin o'tirib duo qilish ham joizligi aytilgan. Qur'on tilovatida esa o'tirish afzal ekani bayon qilingan.

Jumladan, “Raddul muhtor” kitobining “Qabrlarni ziyorat qilish” bobida bunday keladi: Raddul muhtor kitobida aytiladi: Fathul Qadir kitobida: Qabrlarni tik turib ziyorat qilish va qabr yonida tik turib duo qilish sunnatdir. Payg'ambarimiz alayhissalom Baqi' qabristonini ziyorat qilganda shunday qilganlar, deyilgan.

“Keyin tik turib uzoq duo qiladi, agar o'tirsa, mayyit tirikligida qanday masofada o'tirgan bo'lsa, o'shancha masofada o'tiradi”.

Yana bunday deyiladi: “Qabr yonida qorilarni o'tirg'izib, Qur'on qiroat qildirish makruh emas. “Nurul izoh” kitobining iborasida: “Muxtor qavlga ko'ra qiroat odoblariga muvofiq xotirjamlik va tadabbur bilan, ibrat olgan holda tilovat qilish uchun qabr yonida o'tirish makruh emas”, deyilgan (“Raddul muhtor” kitobi, “Qabrlarni ziyorat qilish” bobi).

Bu borada “Nurul izoh” kitobida bunday deyiladi: “Muxtor qavlga ko'ra qiroat qilish maqsadida qabr yonida o'tirish makruh emas. Qabr tepasida qiroatdan boshqa sabab uchun o'tirish makruhdir”.

Shuningdek, “Fatovoi Hindiyya” kitobida bunday deyiladi: “Mayyit dafn etilgach, bir hayvonni so'yib, go'shtini taqsimlab bo'lguncha miqdorda qabr oldida o'tirib, tilovat qilish va mayyitga duo qilish mustahabdir”, – deyilgan.

Demak, qabriston ziyorati tik turib qilingani afzal, lekin ziyorat paytida o'tirish ham joiz, makruh emas.

Diqqat qilsak, faqihlarimizning so'zlaridan qabristonga borganda Qur'onni o'tirib o'qish afzalligi ma'lum bo'ladi. Chunki o'tirib qiroat qilinganda xotirjamlik, tafakkur, xushu' va ibratlanish kabi Qur'on tilovatida talab qilingan odoblar yuzaga chiqadi.

Yana shuni ta'kidlash lozimki, yuqoridagi hukmlarda afzallik masalasi haqida gap ketadi, makruhlik yoki haromlik masalasi emas.  Shunday ekan bu masalalarda talashib-tortishish va o'zaro nizoga borish joiz emas. Vallohu a'lam!

O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Videolar

Yetimlarning pullaridan foydalanib turish joizmi?

14.04.2026   282   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, Faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".


Saidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.

Videolavhalar