Silai rahm – qarindoshlik rishtalarini bog'lash bo'lib, u insoniy muomalalarning eng afzalidir. Uning aksi bo'lgan qarindoshlik rishtalarini uzish esa, eng og'ir gunohlardan hisoblanadi.
Alloh taolo bandalarini qarindoshlik rishtalarini bog'lash va mustahkamlashga buyurib, Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi: “Qarindoshga, miskin va yo'lovchiga haqlarini bering va isrofgarchilikka mutlaqo yo'l qo'ymang!”(Isro surasi, 26-oyat).
Shariatimiz ko'rsatmalarida qarindoshchilik aloqalarini uzishlikka mutlaqo yo'l qo'ilmasligi ham bejiz emas.
Alloh taolo Qur'oni karimda jannat sohiblarining sifatlarini keltirar ekan, jumladan shunday marhamat qiladi: “Ular Alloh bog'lanishiga amr etgan narsani bog'larlar, Robbilaridan qo'rqurlar va hisobning yomonidan xavfda bo'lurlar” (Ra'd surasi, 21-oyat).
Dinimiz ta'limotlarida qarindoshchilik aloqalarini bog'lashga shu qadar qattiq targ'ib qilinadiki, hatto ular musulmon bo'lmasalar ham, qarindoshchilik haqlari ado qilinishi buyuriladi.
Maymun ibn Mihron aytadi: “Uch narsada kofir va musulmon barobardir: kim bilan ahdlashgan bo'lsang, ahdingga vafo qilgin, xoh kofir bo'lsin, xoh musulmon. Albatta, ahd Alloh uchundir. Orada qarindoshchilik bo'lsa, silai rahm qilgin, xoh kofir bo'lsin va xoh musulmon! Kimiki senga omonat bersa, omonatini ado qilgin, xoh kofir bo'lsin, xoh musulmon”.
Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlar yaqin kunlarda bir erni fath qilasizlar. U erda Qiyrot (kalimasi) ishlatiladi”, dedilar.
Boshqa rivoyatda:
“Yaqin kunlarda Misr fath qilinadi. U er Qiyrot deb nomlanadi. Uer ahliga yaxshilik qilish vasiyatini mendan olinglar. Chunki ularga ahdlashuv vaqarindoshlik tomonimiz bor”, deyiladi.
Yana boshqa bir rivoyatda:
“Agar u erni fath qilsangizlar, u er ahliga chiroylimuomalada bo'linglar. Chunki ahdlashuv va qarindoshlik yoki ahdlashuv va qudachiliktomonimiz bor”, deyilgan (Imom Muslim rivoyatlari).
Ulamolar: “Qarindoshlik tomoni – Ismoil alayhissalom onalari Hojar o'sha erlik bo'lganlar. Qudachilik tomoni – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'g'illari Ibrohimning onalari Moriya o'sha erlik bo'lgan”, deb aytishgan.
Shahobiddin PARPIYeV,
Asaka tumanidagi “Muhammadsolih” jome masjidi imom-xatibi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi:
﴿اللَّهُ نُورُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكَاةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ الْمِصْبَاحُ فِي زُجَاجَةٍ الزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّيٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلَى نُورٍ يَهْدِي اللَّهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَاءُ وَيَضْرِبُ اللَّهُ الْأَمْثَالَ لِلنَّاسِ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ﴾
«Alloh osmonlar va Yerning “nuri”dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir durdan yaralgan yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo‘shilganda esa) nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir» (Nur surasi, 35-oyat).
Zaytun inson organizmi uchun juda foydali hisoblanadi. Undagi Ye moddasi insonning tez qarishini oldini oladi. Zaytun daraxtining barglaridan qon bosimini oldini oluvchi dorilar tayyorlanadi. Shuningdek, zaytunni oshqozon shilliq pardalarining yallig‘lanishiga qarshi, organizmni tozalash, barcha ichak dardlarini, soch to‘kilishi, buyrak, o‘t, qovuq toshlarini tushishirishda va boshqa ko‘plab kasalliklarni davolashda samarali foyda beradi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Yog‘ (Zaytun) iste’mol qilinglar va uni o‘zingizga surtinglar. Chunki u muborak daraxtdan (olingan)dir” (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja rivoyati).
Zaytunning ko‘k mevalisidan olingan yog‘ eng yaxshisi bo‘lib, tabiati sovuq va quruqdir. Pishmagan mevasidan olingani ham shunday. Ammo sal burishtiruvchiroqdir. Qora mevasidan olingani quruq va issiq hisoblanadi. Qizilining mevasidan olingan yog‘ sovuq va quruq bo‘lib, mo‘tadilga yaqinroqdir.
"Islomda salomatlik" kitobidan
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li