Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Yanvar, 2025   |   2 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:32
Asr
15:23
Shom
17:08
Xufton
18:27
Bismillah
01 Yanvar, 2025, 2 Rajab, 1446

Dunyodagi eng katta 5 ta masjid

28.05.2024   856   5 min.
Dunyodagi eng katta 5 ta masjid

Masjidlar nafaqat hayratlanarli darajadagi go'zal me'moriy yodgorliklar, balki ular musulmon dunyosida muhim diniy, ijtimoiy va madaniy maskandir. Ushbu maqolada dunyodagi eng katta 5 ta masjid haqida ma'lumot beramiz.

1. Makkadagi Masjidi Harom

 Islom olamining markazida – Makka shahrida joylashgan Masjidi Harom dunyodagi eng katta masjid hisoblanadi. Masjid er yuzidagi eng birinchi ibodatgoh — Ka'bani o'z ichiga oladi. Manbalarga ko'ra, Ka'bani ilk quruvchilari farishtalar bo'lgan. O'zining uzoq asrlik tarixi davomida masjid imkon qadar ko'proq ziyoratchilarni qabul qilish uchun bir necha bor qayta qurilgan. Endilikda Masjidi Harom 1 millionga yaqin kishini sig'dira oladi. Agar masjid atrofidagi hududlarni hisobga oladigan bo'lsak, ibodat qiluvchilar soni 2 milliondan oshishi mumkin. Masjidning maydoni 357 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Lekin masjid doimiy ravishda kengayib bormoqda. 

2. Madinadagi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidiMasjidi Nabaviy

 Payg'ambar alahissalom masjidi dunyodagi ikkinchi yirik masjiddir. Uning qurilishi 622 yilda boshlangan va unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'zlari ishtirok etgan. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qabrlari majmua ichida joylashgan bo'lib, devorlar bilan o'ralgan. Dafn qilingan joy ustida yashil gumbaz qad rostlagan. Masjidning hozirgi o'lchami ilk bor qurilgan masjid binosidan yuz barobar katta. Darhaqiqat, masjid hozir butun Madinaning eski shahar qismini deyarli qamrab oladi. Odatiy kunlari Masjidi Nabaviyda 600 mingga yaqin odam sig'adi. Haj va Ramazon umrasi vaqtida 1 milliongacha ziyoratchilarni qabul qilishi mumkin. Masjidning maydoni taxminan 400 ming kvadrat metrni egallaydi.

3. Islomoboddagi Faysal masjidi

 Pokiston poytaxti Islomobodda joylashgan Faysal masjidi dunyodagi eng katta uchta masjiddan biridir. Masjid qurilishiga Qirol Faysal va Saudiya Arabistoni hukumat homiylik qilgan. Masjid binosi go'zal hududda joylashgan. Shunisi e'tiborga loyiqki, uning dizayni musulmonlarning an'anaviy arxitekturasidan keskin farq qiladi. Eng muhimi, binoning shakli ko'chmanchilarning chodiriga o'xshaydi. Masjidning dizayni qurilish boshlangan vaqtda katta noroziliklarga sabab bo'ldi, ammo qurilish tugagandan so'ng, tanqidchilar noto'g'ri fikrda bo'lganliklarini tan oldilar. Faysal masjidi taxminan 300 ming kishini sig'dira oladi. 

4. Jakartadagi Istiqlol masjidi

 Indoneziya Mustaqillik masjidi yoki Istiqlol masjidi Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng katta masjiddir. 1949 yilda Indoneziya mustaqillikka erishdi va bu voqeani abadiylashtirish uchun davlat poytaxtida katta masjid qurishga qaror qilindi. Masjid qurilishi 1961 yilda boshlangan va 120 mingga yaqin namozxonlarni qabul qiladi.

5. Kasablankadagi Hasan II masjidi

Marokashning eng yirik shahri Kasablankada joylashgan Hasan II masjidi nafaqat ulkan hajmi, balki go'zalligi bilan ham hayratga soladi. Atlantika okeani qirg'og'ida joylashgan masjid atrofida ajoyib manzara kasb etgan. Masjid 105 ming kishini sig'dira oladi, maydoni taxminan 9 gektarni tashkil qiladi. Masjid qurilishiga sarflangan 800 million dollarning barchasi odamlarning xayr-ehsonlari hisoblanadi.

 Jizzax viloyati, G'allaorol tumani

bosh imom-xatibi G'ulom Jumanov

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rajab oyida aytiladigan zikr va duolar

31.12.2025   4651   3 min.
Rajab oyida aytiladigan zikr va duolar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida istig‘for aytishni ko‘paytiring. Chunki bu oyning har bir soatida do‘zaxdan ozodlik bor” (Daylamiy rivoyati. Al-Firdavs (81/1. 247).

Bu oyda solihlar istig‘for aytishni ko‘paytirardilar. Ular ayniqsa ushbu istig‘forni ko‘p takrorlardilar:

أَسْتَغْفِرُ اللّهَ ذَاَ الْجَلالِ وَالإكْرَامِ مِنْ جَمِيعِ الذُّنُوبِ وَالآثَامِ

O‘qilishi: “Astag‘firulloha zal Jalaali val Ikraam min jamiy’iz zunuubi val asaam”.

Ma’nosi: Zul Jalol val Ikrom – Allohdan barcha gunoh va xatolarim uchun mag‘firat so‘rayman.

Hofiz Kamoliddin Damiriy rahimahulloh Ibn Abbos roziyallohu anhudan marfu’ rivoyat qilingan ushbu xabarni keltiradi: “Kim rajab va sha’bon oyida

اَسْتَغْفِرُ اللهَ الْعَظِيْمَ الَّذِى لَااِلَهَ اِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّوْمُ وَاَتُوْبُ اِلَيْهِ تَوْبَةَ عَبْدٍ ظاَلِمٍ لَايَمْلِكُ لِنَفْسِهِ ضَرًّا وَلَانَفْعًا وَلَامَوْتًا وَلَاحَيَاةً وَلَانُشُوْرًا

“Astag‘firullohal a’ziym allaziy laa ilaha illa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi tavbata ’abdin zoolimin laa yamliku linafsihi zorran va laa naf’an va laa mavtan va laa hayaatan va laa nushuuron” duosini yetti marta takrorlasa Alloh taolo ikki vakil qilingan farishtaga uning gunoh sahifalarini o‘chirib yuborishni buyuradi”.


Qisqa istifg‘or kalimalari:

أَسْتَغْفِرُ اللهَ

O‘qilishi: Astag‘firulloh

أَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ

O‘qilishi: Astag‘firulloha va atuubu ilayh

أَستغفِرُ اللهَ الَّذي لا إلَهَ إلَّا هو الحيُّ القيُّومُ وأَتوبُ إليه

O‘qilishi: Astag‘firullohallaziy laa ilaha illaa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi
 

رَبِّ اغْفِرْ لِي وَتُبْ عَلَيَّ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

O‘qilishi: Robbig‘fir liy va tub ’alayya innaka antat tavvaabur rohiym

 

سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: Subhanaka va bihamdika astag‘firuka va atuubu ilayk

 

سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaha illaa anta astag‘firuka va atuubu ilayk
 

اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

O‘qilishi: Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa’fu ’anniy
 

أَللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي

O‘qilishi: Allohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy
 

أسْتغفرالله ربي من كلّ ذنبٍ وأتوبُ إليه

O‘qilishi: Astag‘firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh

Davron NURMUHAMMAD