Tartib-intizomli bo‘lish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish – dinimiz talabi. Zotan, tartib bo‘lgan joyda unum va baraka bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Toshkent shahar vakilligi Ishchi guruhi a’zolari poytaxtimizning Uchtepa tumanida tashkil etilgan amaliy seminarda ishtirok etdi.
«Hazrat Bilol» jome masjidi imom-xatibi Jamoliddin domla Azimov bilan birgalikdagi tumandagi 21 ta masjidda hujjatlarni yuritish holati, masjidlarning toza-ozodaligi, namozxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati o‘rganildi.
Ishchi guruhi a’zolari har bir masjid ma’muriyatiga mazkur masalalarda ko‘maklashdi, zarur tavsiyalar, yo‘l-yo‘riqlar berishdi.
Xuddi shunday tadbir Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ham o‘tkazildi.
Tadbirlar shahrimizning boshqa tumanlarida ham davom etadi.
Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati