Ummatimdan kim 40 hadisni odamlarga o‘rgatish uchun yodlasa, men qiyomat kuni unga shafoatchi va guvoh bo‘laman (Hadisi Sharif)
Joriy yilning 17 yanvar kuni Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar islom ta’lim muassasasida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Orif domla Amonov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchi Rizvon Baxromova hamda mas’ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda talabalarning ta’lim jarayoni va yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, ularning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.
Homiylar ko‘magida muassasaning ayrim moddiy ehtiyojlarini qoplash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tadbir talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati