Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Oktabr, 2025   |   24 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:17
Quyosh
06:36
Peshin
12:14
Asr
15:58
Shom
17:45
Xufton
18:57
Bismillah
16 Oktabr, 2025, 24 Rabi`us soni, 1447

Saudiya cho‘llari qorga burkandi

16.01.2020   2384   1 min.
Saudiya cho‘llari qorga burkandi

Saudiya Arabistonining shimoliy-g‘arbidagi cho‘llarga qor yog‘di. Havo harorati esa nol darajadan ham pastga tushdi. The National nashrining yozishicha, Tabuk shahrining atrofiga, ayniqsa, ko‘p qor yoqqan.

Sovuq ob-havo saudiyalik haydovchilar uchun bir-muncha qiyinchilik to‘g‘dirdi. Ammo mahalliy aholi bundan juda ham xursand. Ular qordan turli shakllar yasab, qor bo‘ron o‘ynashmoqda. Esdalik uchun qorga burkangan tuyalar bilan ajoyib suratlarga tushishmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ona sutining foydalari

16.10.2025   800   2 min.
Ona sutining foydalari

Islom dini ona sutiga katta ahamiyat beradi va uni chaqaloq uchun eng yaxshi oziq-ovqat manbai sifatida tan oladi. Qur’on va hadisda ona suti haqida bir necha marotaba ta’kidlangan va emizishning fazilatlari haqida bayon qilingan.

Qur’onda ona sutining ahamiyati haqida bir necha oyatlar keladi:

 Baqara surasining 233-oyatida bunday deyiladi: "Onalar farzandlarini to‘liq ikki yil emizadilar. Bu emizish (haqi)ni to‘la-to‘kis berishni xohlaganlar uchundir". Bu oyat emizishning nafaqat muhimligi, balki uning muddati haqida ham ko‘rsatma beradi.

Hadislar ham ona suti va emizishning ahamiyatini ta’kidlaydi:

Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Har bir chaqaloqning nasibasi unga sut onasidan keladi” (Imom Buxoriy rivoyati). Bu hadis ona sutining muhimligi, chaqaloqni kim emizishiga e’tibor berish kerakligini bildiradi.

Ibn Moja rivoyatida bunday keladi: "Bolalarni emizish bilan onalar farzandlari bilan yanada kuchli bog‘lanish hosil qiladi". Bu hadis emizish jarayonining emotsional va ruhiy ahamiyatini ta’kidlaydi.

Islom shariatida emizish nafaqat tavsiya etiladi, balki ba’zi holatlarda majburiy hisoblanadi:

Vaqt va muddat. Qur’on va hadislar asosida, emizishning maksimal muddati ikki yil deb belgilangan. Bu muddat bola uchun eng maqbul deb qaraladi. Ammo undan kam vaqt emizishga ham dinimiz qarshi emas. Balki, bu muddat emizish orqali ona va bolalik (razoat) hosil bo‘lishi muddatidir.

Sog‘liq va tarbiya. Ona suti bola salomatligi va tarbiyasi uchun muhimdir. Shuning uchun ona imkon qadar farzandini o‘zi emizishi kerak.

Mahramlik rishtasi. Islomda ona suti bilan oziqlangan bolalar o‘rtasida mahramlik (yaqin qarindoshlik) yuzaga keladi. Bir onaning sutini emgan bolalar aka-uka yoki opa-singil hisoblanadi. Ularning bir-biri bilan nikohlanishi haromga aylanadi.

Dinimiz ona sutining ahamiyatini ana shunday yuqori darajada baholaydi. Ona sutining ahamiyatini tan olish va uni qo‘llab-quvvatlash har bir musulmon ota-ona uchun muhim hisoblanadi.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari

Maqolalar