Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2026   |   21 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2026, 21 Zulhijja, 1447

“Xadichai kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida anjuman

05.11.2019   3269   1 min.
“Xadichai kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida anjuman

Joriy yilning 1 noyabr kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida amerikalik mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman va “Talabalar ilmiy jamiyati” bo‘lib o‘tdi. Anjumanning 1-qismida  ta’lim muassasasi direktori, falsafa doktori Nozima Ibragimova tomonidan Institute of Global Engagement qoshidagi “Center of Women, Faith and Leadership”ning 2019 yilgi dasturi doirasida amalga oshirilgan loyiha bo‘yicha nutq so‘zlandi. Unda Nozima Ibragimova “The pride of Uzbek women” mavzusida taqdimot qildi. So‘ng qisqa tanaffus uyushtirilib, mehmonlarga ta’lim muassasasi talaba qizlari ishtirokida mavlid oyi munosabati bilan go‘zal nashidalar kuylandi. Tanaffusda amerikalik mehmonlar ta’lim muassasasi bo‘ylab sayohat qildilar. Talabalar bilan jonli suhbatda bo‘ldilar.

Anjumanning 2-qismida “Talabalar ilmiy jamiyati” bo‘lib o‘tdi. Unda 11 tatalaba qizlar ishtirokida din va ma’naviyat uyg‘unligi haqida, xususan, “Wisdom in Islam”, “The Religious Tolerance in Uzbekistan” kabi mavzularda taqdimot asosida nutq so‘zladilar. Shundan so‘ng, mehmonlar o‘zbek taomlari va an’analaridan bahramand bo‘ldilar. Bu uchrashuv va anjuman juda mazmunli va esda qolarli bo‘ldi. Mehmonlar va talaba qizlarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha

direktor o‘rinbosari Zaynab Komiljonova

 

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Islom ayollarni zulmdan qanday ozod qildi?

08.06.2026   1408   2 min.
Islom ayollarni zulmdan qanday ozod qildi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Shayx Sobuniy rahimahulloh (vaf. 1442 hijriy) bunday yozadi:

“Nurli Islom shariatining fazilatlaridan biri shundaki, u ayollarga nisbatan zulmga chek qo‘ydi. Johiliyat davrida ayollar qul sifatida xorlangan, mulk kabi sotilgan, qiymatga ega bo‘lmagan hamda ularga hech qanday hurmat ko‘rsatilmagan! Ular bir merosxo‘rdan boshqasiga mulk kabi o‘tgan. Agar erkak vafot etsa, uning qarindoshlari uning mol-mulki va boyligini meros qilib olganidek, xotinini ham meros qilib olishgan.

Islom bu zulmga barham berdi. Ayollarning qadr-qimmati tiklandi, ularning insoniyligi tan olindi va ularga huquqlar berildi, adolat tiklandi. Bir so‘z bilan aytganda, ularga barcha moddiy va ma’naviy haqlarni taqdim etdi”.


Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: “Johiliyat davridagi odamlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bir kishi vafot etganida, uning qarindoshlari, ya’ni merosxo‘rlari uning xotini ustida ko‘proq haqqa ega edilar. Agar ulardan birortasi xohlasa, unga uylanardi, xohlasa, uni turmushga berardi, xohlasa, unga turmushga bermasdir. Ularning ayol ustida o‘z oilasidan ko‘ra ko‘proq haqlari bor edi. Shuning uchun oyat nozil bo‘ldi:

“Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalaringizning ba’zisini olish uchun ularni zo‘rlik-la ushlab turmang va ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko‘pgina yaxshiliklarni qilsa” (Niso surasi, 19-oyat).


Imom Tabariy rahimahullohdan (vaf. 310 hijriy/923 milodiy) rivoyat qilinadi: “Erkak qarindoshining xotinini meros qilib oladi va vafot etguncha yoki mahrini unga qaytarib berguncha turmushga chiqishiga to‘sqinlik qiladi”.

Shunday qilib, ayol bir erkakdan boshqasiga meros bo‘lib o‘tadi. Agar u go‘zal bo‘lsa, u unga uylanadi, xunuk bo‘lsa, uni vafotigacha meros qilib oladi. Islom ayollardan zulm va tajovuz yukini olib tashlash, ularning qulligi va qulligining oldini olish va ularni erkaklar ega bo‘ladigan qadr-qimmat va insoniylik darajasiga ko‘tardi. Bu haqda Qur’oni karimda bunday deyiladi: “Va yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir” (Baqara surasi, 228-oyat).


Foydalanilgan manbalar:
1. “Az-Zavaj al-islamiy al-mubakkar”.
2. “Fath al-Boriy”. J. 8. – B. 245, 247.

 

Davron NURMUHAMMAD

 

Maqolalar