Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2026   |   7 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:26
Bismillah
21 Iyul, 2026, 7 Safar, 1448

Ekstremizm va terrorizmning salbiy  oqibatlari

05.11.2019   7850   4 min.
Ekstremizm va terrorizmning salbiy  oqibatlari

Zamonaviy voqealik diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning salohiyati ham sifat va miqdor jihatdan jiddiy o‘sganini ko‘rsatmokda. Bu esa o‘z navbatida diniy terrorizmning global xavfsizlikka yunaltirilgan jiddiy tahdidga aylanayotganini bugundagi voqealiklardan ko‘rib, bilib turamiz. Globallashuv jarayonlari va yirik geosiyosiy davlatlar orasidagi uzaro manfaatlar to‘qnashuvi va shu bilan birga  fan – texnika yutuqlaridan bor bo‘yicha foydalanish xalqaro terrorizmning “boy ozuqa”si xisoblanadi.

Diniy ekstremizm jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlarni rad etish, o‘z g‘oyalarini murosasizlik va mutaassiblarcha targ‘ib qilishdan iborat. Markaziy Osiyoda qurib olgan shunday tashkilotlar mintaqa xalqlari uchun ming yillardan beri an’anaviy hisoblangan hanafiy mazhabi va moturidiya aqidasini rad qilib, aholii o‘rtasida siyosiylashtirilgan islom g‘oyalarini singdirishga va bu bilan yoshlar ongini zaharlab, o‘zlarining razil va qabih g‘oyalarini amalga oshirishda ulardan ishchi qurol o‘rnida foydalanishga urinmoqdalar. Terrorizm muayyan siyosiy maqsadlar ustiga qurilgan zo‘ravonlikka asoslangan kuchdir. Ularning maqsadi o‘z rejalarini amalga oshirish jarayonida, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, axolining keng qatlamlarini qo‘rquv va vahima ostida ushlab turish. Terrorizmning bosh maqsadi qonuniy hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishdan iborat. 

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar, odamlarimizning to‘q va farovon yashayotganliklari, yaratib berilgan imtiyoz va erkinliklar, eng asosiysi, tinch xayotimiz ana shu xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlar va ularning ma’naviy rahnamolariga yoqmayapti. Shu boisdan ular zo‘r berib, o‘z g‘arazli maqsadlari – g‘oyalarini yoyishga, millat birligi, yurt tinchligiga  rahna solishga urinishmoqda.

Diniy – ekstremistik guruhlarning bosh maqsadi – «xalifalik» yoki «islom amirligi» tuzish shiori ostida xokimiyatni egallashdir. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida hech qanday qabihlikdan qaytishmaydi. Avvalo, aholiga hanafiylik mazhabiga zid mutaassib g‘oyalarni singdirish, ijtimoiy – siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, hukumatga tazyiq o‘tkazish, aholi orasida qo‘rquv, porakandalik, davlatga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini shakillantirish hamda Respublika rahbariyati tomonidan din sohasida olib borilayotgan siyosatni obro‘sizlantirish kabi oraliq maqsadlariga bo‘ysindirilgan faoliyat olib borishga harakat qilishadi. Ularning asosiy faoliyat uslublari ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, video va audio tasmalarni tarqatish, yashirin guruhlar tuzish, o‘z a’zolarini davlat tizilmalariga kiritishga intilish, mavjud ijtimoiy – siyosiy voqealikni keskin qoralash, davlat va diniy idora vakilliklarini obro‘sizlantirish hamda shu bilan birga terroristik harakatlarni o‘tkazishdan iborat. 

Ming afsuslar bo‘lsinkim, aqidaparast oqim va guruhlarning yovuz faoliyati tufayli, dunyoning turli nuqtalarida ming-minglab begunoh odamlarning qoni to‘kilmoqda. 

Diniy ekstremistik va terroristik guruhlarning peshvolari birinchi navbatda yoshlarimiz orasiga kirib olishga, ularning endi shakllanayotgan ongi, tasavvurini o‘zlarining botil va yovuz yo‘llariga solishga intilishadi. Bu maqsad yo‘lida hech narsadan toyishmaydi. Turmushning kichik muammolarini dastak qilish, moddiy qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z yo‘liga tortish sinalgan usullardan biri. 

Yoki qadim kadriyatlar, mustahkam aqidalarni buzish, ularni boshqacha talqinga solish ham ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri. 

Aqidaparast oqimlar birinchi navbatda kelajagimiz bo‘lmish yoshlarga ko‘z tikishlari bejiz emas. Bugungi yoshlar ertangi kunimizni, taraqqiyotini belgilab beruvchi kuchdir. 

Dinimizda tarbiyaga alohida o‘rin berilishi bejiz emas. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Hyech bir ota o‘z farzandiga yaxshi tarbiya va go‘zal odobdan buyukroq hadya bera olmas», — deb marhamat qilganlar. Farzandlarimizning faol, vatanparvar yoshlarga aylanishi ko‘p jihatdan ota-onaga bog‘lik. Xalqimizning “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” maqoli bejiz aytilmagan. Bu borada nafaqat ota-ona mahalla-ko‘y, o‘quv dargohlari, jamoat tashkilotlari hamkorligida ish olib borishlari darkor. 

Yoshlarimizni notanish, maqsadi yovuz bo‘lgan da’vatchilardan asrash lozim. Biz yoshlarimiz ongi va ruhiyatini zaharlashga qaratilgan g‘oyalardan qat’iyat bilan himoya qilsakkina, har qanday g‘arazgo‘y kuchlar yurtimiz mustaqilligi va uning porloq kelajagiga rahna sola olmaydi.

 

O‘.Jumanazarov

Hazorasp tumani “Shoxpir” masjidi imom-noibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Boy tarixiy meros O‘zbekistonning Yaqin Sharq sayyohlari orasidagi jozibadorligini yanada oshirmoqda

21.07.2026   1037   1 min.
Boy tarixiy meros O‘zbekistonning Yaqin Sharq sayyohlari orasidagi jozibadorligini yanada oshirmoqda

Iordaniya va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida tarixda ilk bor yo‘lga qo‘yilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda, deb xabar qiladi “Dunyo” AA.

Mazkur yo‘nalishning birinchi reysi bilan O‘zbekistonga Iordaniyadan 40 nafarga yaqin turistdan iborat uyushgan guruh tashrif buyurdi. Safar davomida mehmonlar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obidalar, milliy taomlar va o‘zbek xalqining qadimiy an’analari bilan tanishdi.

Iordaniyalik sayyohlar mamlakatimizdagi mehmondo‘stlik, zamonaviy turistik infratuzilma va yuqori xizmat ko‘rsatish darajasini alohida e’tirof etdi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroning me’moriy obidalari, Toshkentning zamonaviy qiyofasi ularda katta taassurot qoldirdi.

Mutaxassislar fikricha, Ammon–Toshkent aviaqatnovining yo‘lga qo‘yilishi o‘zaro turistik almashinuvni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Boy tarixiy meros, rivojlangan turistik infratuzilma, Iordaniya fuqarolari uchun vizasiz tartib hamda xalqaro aviaqatnovlar tarmog‘ining kengayishi O‘zbekistonning Yaqin Sharq sayyohlari orasidagi jozibadorligini yanada oshirmoqda.

Ayni paytda ikki mamlakat o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, gastronomik, oilaviy va ziyorat turizmi yo‘nalishlarini qamrab olgan yangi qo‘shma turistik dasturlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari