Yurtimiz, Islom madaniyati va tarixiga oid moddiy manbalarga boy turizm manzilgohlaridan hisoblanadi. Har bir viloyat, shahar, tuman va hatto chekka qishloqlarda ham o‘lka xususiyatlariga asoslangan muzeylar mavjud. Tarixiy manbalarga boy, 80 ming donadan ortiq eksponatlarga ega bo‘lgan mamlakatimizning keksa, "otaxon" muzeylaridan sanalmish Farg‘ona o‘lkashunoslik muzeyi ayniqsa diqqatga sazovar. Mazkur mezeydagi Qo‘qon xoni Xudayorxonning qo‘lyozma va hujjatlar kolleksiyasida Xudoyorxonning saroy kutubxonasidan keltirilgan, muqovasi teridan tayyorlangan va sarg‘ish tusdagi rangda qoliplangan Qur’oni karim e’tiboringizni tortadi. Bu qo‘lyozma ko‘fiy xatida san’atkorona ko‘chirilgan bo‘lib, 75 joyiga Xudoyorxonning “vaqf fisabilulloh” yozuvli muhri bosilgan. Shuningdek, 36 ta kichik muhr bo‘lib, unda ham “vaqf fisabilulloh 1287” deb, uning yozilgan sanasi ham ko‘rsatilgan. Oyatlar o‘rtasida 36 joyga oy tamg‘a, yoy, quyosh ramzlari tillo rangda bosilgan.
Ta’kidlash joizki, bu kabi manbalar tarixda yurtimiz Islom tamadduniga ulkan hissa qo‘shganidan darak beradi.
Saidabror Umarov
foto Lobar MIRZO
Andijon va Farg‘ona viloyatlarida hojilarni kutib olish tadbirlari mazkur lavhada