21 oktyabr kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro filiali homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi 3-son ko‘p tarmoqli maktab-internatida tarbiyalanayotgan bolajonlarga xayriya yordami ko‘rsatdi.
Tadbir davomida 130 nafar, nutq va eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolajonlarga jami 14 million so‘mlik kuzgi kiyim-kechaklar ehson qilindi.
Ushbu xayrli tashabbus bolajonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqimizga xos mehr-oqibat va saxovat an’analarini davom ettirishga qaratilgan.
Barcha xayrli ishlarga Alloh taolo baraka ato etsin!
O‘MI Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati