Sayt test holatida ishlamoqda!
23 May, 2025   |   25 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
04:58
Peshin
12:25
Asr
17:29
Shom
19:45
Xufton
21:18
Bismillah
23 May, 2025, 25 Zulqa`da, 1446
Maqolalar

Ramazondan keyin...

20.05.2019   42127   1 min.
Ramazondan keyin...

Ramazon oyida hammamiz taqvodor bo‘lishga urinamiz. Namoz o‘qish, sadaqa berish, yetimlar, beva-bechoralar holidan xabar olishga intilib, qarindoshlar bilan bordi-keldini kuchaytiramiz. Oila, farzandlarga ko‘proq e’tibor beriladi.  

Ammo Ramazon oyidan keyin ba’zi kishilar bu ulug‘ oydagi taqvolarini ushlab qololmay, Ramazondan oldingi xatolarini yana davom ettirayotganlari ko‘zga tashlanib qoladi.

Xo‘sh, biz Ramazon oyidagi ruhiy holatimizni, ibodatlarga bo‘lgan intilishimizni bu oydan keyin ham davom ettirishimiz uchun nima qilishimiz kerak?

Javobi oddiy: biz taqvoli bo‘lishga faqat Ramazon oyida emas, balki butun umrimiz davomida buyurilganimizni unutmasak va shunga ko‘ra harakat qilsak bo‘ldi.

Alloh taolo bizni faqat Ramazonda emas, balki doim kuzatib turadi. Amallarimizni doim hisob-kitob qilib boradi.

Namoz doim farz. Zakot doim farz. Solih amallarni qilish va gunohlardan tiyilish bizdan doim matlubdir. Ota-ona ziyorati, silai rahm, yaxshi qo‘shnichilik, namozlarni masjidda jamoat bilan ado etish doim muhimdir. Ramazonda astoydil urinib qiladigan solih amallarimizni, aslida, doim qilib yurishga buyurilganmiz. Farishtalar bizning amallarimizni vafot etgunimizcha yozib borishadi. Ehson, infoq, muruvvat hamisha qilinishi kerak. Alloh taolo solih amallarimizga hamma vaqt savob beradi. Xato va ma’siyatlarimiz hamisha gunoh deb yozib boriladi. Biz gunohdan umrimiz oxirigacha chetda bo‘lishimiz kerak.

Alloh taolo bizni umr bo‘yi taqvo qilishga amr etgan. Shu amrida bardavom bo‘lishimizni, Ramazondan keyin ham Ramazon oyi shukuhida, oxiratga tayyorgarlik ko‘ruvchi inson bo‘lib yurishimizni nasib etsin, omin!

Nozimjon Iminjonov

Ramazon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviyat karvoni Gulistonda

21.05.2025   3454   1 min.
Ma’naviyat karvoni Gulistonda

 

 Shu yil 20 may kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Guliston shahrida  amaliy tadbir o‘tkazildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligidagi namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur shahardagi "Guliston" jome masjidida  bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov  yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 10 ta mahalladagi 75 ta  xonadon xolidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar,  notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.                     

Sirdaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Ma’naviyat karvoni Gulistonda Ma’naviyat karvoni Gulistonda Ma’naviyat karvoni Gulistonda Ma’naviyat karvoni Gulistonda Ma’naviyat karvoni Gulistonda Ma’naviyat karvoni Gulistonda
O'zbekiston yangiliklari