Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Oktabr, 2026   |   13 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:26
Quyosh
06:45
Peshin
12:12
Asr
15:47
Shom
17:32
Xufton
18:46
Bismillah
24 Oktabr, 2026, 13 Jumadul avval, 1448

Tabassum

27.06.2018   11865   1 min.
Tabassum

Jajjigina qizaloq mahzun musofirga qarab jilmayib qo‘ydi. Bu mayin jilmayish musofirning ko‘nglini chog‘ qildi va bir vaqtlar o‘ziga yordam bergan do‘stiga minnatdorchilik bildirib qo‘yishi lozimligini xotirlatdi.

Darhol bir SMS yozib unga jo‘natdi. Do‘sti bu tashakkurnomadan shu qadar xursand bo‘ldiki, har kuni tushlik qiladigan restoranda xizmat ko‘rsatadigan ofitsiant qizga xiylagina hadya qoldirib ketdi.  Ofitsiant qiz umri bino bo‘lib birinchi marta bunday katta hadya olayotgan edi. Kechqurun uyiga qaytarkan, qo‘liga tushgan pulning bir qismini har zamon ko‘cha boshida o‘tiradigan faqir odamning kepkasiga tashladi. 

Faqr odam shu qadar ko‘p pulni ko‘rib shunchalar minnatdor bo‘ldiki, ikki kundir tomog‘idan bir luqma taom o‘tmagan edi. Qornini ilk daf’a rosmana to‘ydirdi, ko‘pqavatli uyning podvalidagi bittagina xonasiga olib boradigan yo‘ldan masrurona  yurib keldi, kayfiyati shu qadar chog‘ ediki, sovuqda angillab diydirab turgan kuchuk bolasini ko‘rib qolgani zahoti uni ko‘tarib oldi.

Kuchukvachcha kechaning sovug‘idan qutulganidan xursand edi. Issiqqina xonada saharga qadar chopqillab o‘ynadi. Tunning yarmida uyni tutun qopladi, yong‘in boshlangan edi. Tutunni ko‘rgan kuchukcha shu qadar baland ovozda hura boshladiki, uning ko‘targan shovqinidan dastlab faqir odam uyg‘ondi. Keyin barcha qavatlardagi xonadondagilarni uyg‘otdi. Ota-onalar tutundan bug‘ilishiga sal qolgan farzandlarini quchoqlab, o‘limdan qutqarib qoldilar. Ularning hammasi bir tiyinlik moddiy qiymati bo‘lmagan bir tabassum sharofati edi.

 

O‘MI Matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi

21.10.2026   37292   1 min.
Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning diniy-ijtimoiy masalalariga yechim topish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xususan, bugun, 21 oktyabr kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini yaqindan tingladi.

Uchrashuv davomida masjidlarning bugungi holati, imom-xatiblarning faoliyati, shuningdek, haj safari va moddiy ko‘makka oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Qabul jarayonida har bir insonga alohida e’tibor qaratilib, shar’iy savollar yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Ijtimoiy va moddiy yordam so‘rab kelganlarga esa amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Ahamiyatlisi shundaki, bu kabi yuzma-yuz va ochiq muloqotlar nafaqat markaziy idorada, balki yurtimizdagi barcha jome masjidlarda ham yaxshi an’anaga aylangan.

Joylarda har haftaning chorshanba kunlari imom-domlalar tomonidan aholi qabullari o‘tkazilib, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi Diniy idorada hamyurtlar bilan samimiy muloqot qilindi
O'zbekiston yangiliklari