Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Oktabr, 2026   |   15 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:28
Quyosh
06:47
Peshin
12:12
Asr
15:44
Shom
17:29
Xufton
18:43
Bismillah
26 Oktabr, 2026, 15 Jumadul avval, 1448

07.06.2023   271   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonda birinchi islomiy moliya me’yori — «Murobaha» loyihasi muhokamada

26.10.2026   1839   1 min.
O‘zbekistonda birinchi islomiy moliya me’yori — «Murobaha» loyihasi muhokamada

Markaziy bank tomonidan 1-sonli «Murobaha» islomiy moliya me’yorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Loyiha islom banklari va islom darchalari tomonidan Murobaha asosida moliyalashtirish amaliyotlarini amalga oshirish tartibini belgilaydixabar bermoqda  islommoliyasi.uz.

Asosiy talablar

Aktivga egalik. Moliya muassasasi mol (aktiv)ni mijozga sotishdan oldin uni sotib olishi va unga egalik qilishi kerak. Aktiv uning mulkida bo‘lgan davrdagi xavf-xatarlar ham uning zimmasida bo‘ladi.

Sotuvchi → Moliya muassasasi → Mijoz

Narx shaffofligi. Aktivning asl qiymati va ustama miqdori shartnomada aniq ko‘rsatiladi.

Kechiktirilgan to‘lov. To‘lov muddati kechiktirilgani yoki uzaytirilgani uchun kelishilgan sotuv narxini oshirish mumkin emas.

Komissiyalar. Moliyalashtirish majburiyati yoki moliyalashtirishning o‘zi uchun alohida komissiyalarga cheklovlar belgilangan.

Neustoyka. Kechiktirish uchun belgilangan jarima moliya muassasasining daromadi hisoblanmaydi, balki belgilangan tartibda xayriyaga yo‘naltiriladi.

Nega bu muhim?

Murobaha faqat «foizsiz kredit» emas. U real aktiv, mulkka egalik, xavf va oldi-sotdi munosabatiga asoslanadi.

Shuning uchun ushbu talablar Murobaha amaliyotining «boshqa nomdagi kredit»ga aylanib qolishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Eslatma: hujjat hozircha loyiha bo‘lib, muhokama jarayonida o‘zgarishi mumkin.

Taklif va mulohazalar uchun: Markaziy bank qarori loyihasi — ID-11799

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari