Shvetsiya shimolidagi Kiruna shahrida yashovchi musulmonlar Ramazon davomida 20-22 soatlab ro‘za tutadi. Bu haqda "aa.tr.com" nashri xabar berdi.
Yer sharining shimoliy nuqtasida joylashgan mamlakatlarda ayrim shaharlarning mahalliy musulmon aholi Ramazonning birinchi kunida ro‘za tutish vaqti 19 soat 53 daqiqa bo‘lishi aytib o‘tildi.
Ramazonning oxirgi kunida esa bu vaqt 21 soat 58 daqiqa davom etishi qayd etilgan. O‘z navbatida ko‘rinib turibdiki ushbu hudud aholisi iftorlik va saxarlik orasida 2-4 soat davomida xufton va taroveh namozlarini ado etishlari va saxarlik qilishga tayyorlanishlari kerak bo‘ladi.
Norvegiyaning Tromso shahrida bu muddatlar 19 soat 50 daqiqa va 21 soat 59 daqiqani, Islandiya poytaxti Reykyavikda 19 soat 11 daqiqani va 21 soat 48 daqiqani tashkil etadi.
“Qish o‘rtasida 9-10 soat qisqa muddatli ro‘za tutish bilan uzun muddatli ro‘za tutish o‘rtasida farq yo‘q. Alloh sabr beradi”, – deydi Shvetsiya Islom federatsiyasi raisi Tohir Akan.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Jizzax viloyati Zomin tumani bosh imomi hamda "Ma’rifatli" masjidi imom-xatibi Abror domla Ravshanovning akalari Abdulla otaning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin, barcha sahvu xatolarini kechirib, rahmatiga chulg‘asin, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin!
Haq taolo marhumning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz