Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Sentabr, 2025   |   25 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:46
Quyosh
06:05
Peshin
12:23
Asr
16:40
Shom
18:33
Xufton
19:46
Bismillah
17 Sentabr, 2025, 25 Rabi`ul avval, 1447

12.01.2018   16624   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Iffatingiz - tojingizdir

08.09.2025   4991   2 min.
Iffatingiz - tojingizdir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ey singlim! Siz boshingizda ko‘tarib yurgan toj bu –  iffatingizdir. So‘zlaydigan eng go‘zal so‘zingiz bu – rostgo‘yligingizdir. Yuzingizdagi uyatchanglik bu – hayodandir. Sizning go‘zal xulqingiz bu – ota-onangizga keltirgan rahmatingizdir.

Hikoyat. Yigit hikoya qilib shunday deydi: “Bir o‘rtog‘im bor edi. Kunlarning birida u shoshganicha kirib keldi. “Nimaga mashinangni uyimning oldiga qo‘ya qolmading?” – deya so‘radim. U: “Men yana yangi qizni tuzog‘imga ilintirdim. U kollej talabasi. Uni dars boshlanishidan avval kollejdan olib chiqqandim. Dars tugay deganda yana kollejga olib borib qo‘yaman”, dedi.

Men uning gaplarini eshitib sekin-asta unga bildirmay uyning orqa tarafidan chiqdim-da, to‘g‘ri mashina tomonga yo‘naldim. Qarasam, mashinaning ichida chamasi o‘n olti yoshlardagi bir qiz o‘tiribdi. Unga: “Nima sababdan bu yerga kelding?” – dedim. Qiz: “Falonchi (yigitning ismini aytdi) meni sevadi, menga uylanmoqchi, uning o‘zi shunday dedi”, deya javob berdi.

“Mening gaplarimni diqqat bilan eshit! O‘sha yigitni men juda yaxshi bilaman. Xolis gapiryapman. Yaqinlaringning senga bildirgan ishonchini yodga olgin-da, bu qilayotgan ishingning qanchalik noma’qul ekanini o‘ylab ko‘r. Bilib qo‘y, sen xavfli ish ustida turibsan. Uning senga uylanishi yetti uxlab tushiga ham kirmagan. U yigit kishi. Senga o‘xshaganlarni topib olsa, uylanishni xayoliga ham keltirmaydi. Chunki begona yigit bilan ko‘chaga chiqqan va oilasining sha’nini toptagan qiz  xotin bo‘lishga arzimaydi, u bunga loyiq emas. Unaqalar ertaga yana boshqa birovni topib ketaveradi”, dedim. 

Vaqt o‘tib qiz bir dugonasidan menga xat berib yuboribdi. Xatda quyidagilar yozilgan edi: “Sizga katta rahmat! Siz aytgan ish sodir bo‘lishiga bir bahya qolgan edi... Men yig‘lab uni o‘zimdan nari qilishga harakat qildim. Oh-vohlarim, dod-faryodlarimdan keyin u meni kollejga olib borib qo‘ydi. Nomusimdan ayrilib qolishimga bir soniya qoldi... O‘zim va ota-onamning bosh ko‘tara olmaydigan bo‘lib qolishlariga bir qadam qoldi... Avvalo Alloh, qolaversa, sizning so‘zlaringiz meni bu sharmandalikdan saqlab qoldi”.

Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh, Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.