Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2026   |   18 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:57
Peshin
12:30
Asr
17:00
Shom
18:58
Xufton
20:13
Bismillah
07 Aprel, 2026, 18 Shavvol, 1447

Kibrning darajalari va turlari

29.03.2017   10625   2 min.
Kibrning darajalari va turlari

Ibn Qudoma Maqdisiy kibrning uch darajasi borligini aytgan:

  1. Kibr inson qalbida qaror topgan bo‘ladi. Bunday odam o‘zini boshqalardan afzal biladi. Ammo u tavoze’ ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu odam, qalbida kibr daraxti ekilgan, lekin uning shoxlari kesilgan shaxsdir.
  2. Bir kishi o‘z harakatlari bilan majlislarda balandparvozlikni, tengdoshlari o‘rtasida peshqadamlikni va o‘z haqi kamsitilishiga jim qarab turolmaydi. Olim bo‘lsa, odamlardan yuz o‘girgandek bo‘lib aftini burishtiradi. Obid bo‘lsa, xuddi odamlardan jirkangandek, burnini jiyiradi. Bu ikkisi ham Alloh taolo O‘z payg‘ambariga “O‘zingga ergashgan mo‘minlarga qanotingni yozgin” deb bergan odobni bilmagan johillardir.
  3. Bir kishining tili bilan ulug‘likni da’vo qilishi, o‘zini ko‘klarga ko‘tarib maqtashi kibrdir. Shuningdek, nasabi bilan faxrlanish ham kibr sanaladi.

Kibrning turi ham uch xildir. Bular:

  1. Alloh taologa kibr qilish.

Bu eng yomon kibrdir. Bu holat Fir’avn va Namrudning kibriga o‘xshash bo‘lib, Alloh taologa banda bo‘lishdan o‘zini olib qochishdir. Fir’avn qavmiga nido qilib, “Men sizlarning eng ulug‘ rabbingizman”, degan edi (Noziot surasi, 24-oyat).

Fir’avn Allohga banda ekanini tan olmadi, o‘zini iloh deb e’lon qildi, kibru havoga berildi. Uning oqibati dengizda g‘arq bo‘lish bilan tugadi.

  1. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga kibr qilish.

Bu holat Makka kofirlariga o‘xshab Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bo‘ysunishdan johillik va sarkashlik ila kibr qilishdan iborat.

Mushriklar va kofirlarning payg‘ambarlarga imon keltirmasliklariga anbiyolarning oddiy inson bolasi ekanlari, xuddi boshqa odamlar kabi yeb-ichib, bozorlarda yurishlari sabab qilib keltirilgandi. Go‘yo payg‘ambar bu ishlarni qilmasligi kerakdek. Aslida Alloh taolo insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun odamlar ichidan eng pok insonlarni payg‘ambarlik uchun tanladi.

  1. Bandalarga kibr qilish.

Bu o‘zini boshqalardan ustun qo‘yib, o‘zgalarga haqorat nazari bilan qarashdan iborat. Odamlar bir-biriga kibr qilishlariga ilm, ibodat, nasl-nasab, husn, boylik, martaba va shu kabilar sabab bo‘ladi.

Odilxon qori YUUNUSXON o‘g‘li

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Davra podkasti

06.04.2026   7176   1 min.
Davra podkasti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari

Homidjon domla Ishmatbekov

VIDEO