Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Oktabr, 2026   |   13 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:26
Quyosh
06:45
Peshin
12:12
Asr
15:47
Shom
17:32
Xufton
18:46
Bismillah
24 Oktabr, 2026, 13 Jumadul avval, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   18160   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganda imom-xatiblar o‘rtasida milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

08.04.2026   31758   1 min.
Namanganda imom-xatiblar o‘rtasida milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan Namangan viloyatidagi imom-xatiblar o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.


Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan bellashuvlarda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan diniy soha xodimlari faol ishtirok etib, mardlik, halollik hamda sportga xos go‘zal fazilatlarni namoyon etdi.


Tadbirda Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samadov ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda bu kabi musobaqalarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bunday tadbirlar soha xodimlari o‘rtasida o‘zaro jipslik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.


Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Bu kabi xayrli va manfaatli tadbirlar imom-xatiblarning ham jismonan, ham ma’nan chiniqishlarida muhim bosqich bo‘ldi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

 

Namanganda imom-xatiblar o‘rtasida milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi Namanganda imom-xatiblar o‘rtasida milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi Namanganda imom-xatiblar o‘rtasida milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi Namanganda imom-xatiblar o‘rtasida milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi Namanganda imom-xatiblar o‘rtasida milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi Namanganda imom-xatiblar o‘rtasida milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari