Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Oktabr, 2026   |   14 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:27
Quyosh
06:46
Peshin
12:12
Asr
15:46
Shom
17:31
Xufton
18:44
Bismillah
25 Oktabr, 2026, 14 Jumadul avval, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   18221   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar

Diniy soha xodimlari ishtirokida kurash musobaqasi o‘tkazildi

08.04.2026   13281   1 min.
Diniy soha xodimlari ishtirokida kurash musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan yurtimizda milliy sport turlarini keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan muhim tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan kurash sportini ommalashtirish maqsadida diniy soha vakillari o‘rtasida musobaqalar tashkil etilayotgani ahamiyatlidir.


Jumladan, Farg‘ona viloyatida diniy soha xodimlari ishtirokida kurash bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda turli yosh va vazn toifalaridagi ishtirokchilar bellashib, o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini namoyon etdilar. Musobaqalar qizg‘in va murosasiz tarzda kechib, ishtirokchilarning g‘alabaga bo‘lgan intilishi, matonati va sportga bo‘lgan muhabbati yaqqol namoyon bo‘ldi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. 


Fursatdan foydalanib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan barcha g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz. Ularning keyingi bosqichlarda ham yuqori natijalarga erishib, viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qolamiz. 

 

Farg‘ona viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Diniy soha xodimlari ishtirokida kurash musobaqasi o‘tkazildi Diniy soha xodimlari ishtirokida kurash musobaqasi o‘tkazildi Diniy soha xodimlari ishtirokida kurash musobaqasi o‘tkazildi Diniy soha xodimlari ishtirokida kurash musobaqasi o‘tkazildi Diniy soha xodimlari ishtirokida kurash musobaqasi o‘tkazildi Diniy soha xodimlari ishtirokida kurash musobaqasi o‘tkazildi