Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Sentabr, 2026   |   25 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:34
Quyosh
05:55
Peshin
12:21
Asr
16:54
Shom
18:50
Xufton
20:08
Bismillah
07 Sentabr, 2026, 25 Rabi`ul avval, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   14665   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Qumqo‘rg‘onda diniy soha xodimlarining faoliyati sarhisob qilindi

21.07.2026   36706   1 min.
Qumqo‘rg‘onda diniy soha xodimlarining faoliyati sarhisob qilindi

2026 yil 21 iyul kuni Qumqo‘rg‘on tumani “Besh qahramon” mahallasida imom-xatiblar, otinoyilar va mahalla vakillari ishtirokida yilning birinchi yarim yilida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.


Tadbirda tuman bosh imom-xatibi H.Zayniyev va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi Sh.Mamadiyev hisobot berdi. Qayd etilishicha, 6 oy davomida 11 mingga yaqin fuqarolarni qamrab olgan 1300 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbir va davra suhbatlari o‘tkazilgan.


Shuningdek, soha xodimlarining sport va intellektual sohadagi faolligi ham e’tirof etildi. Tumanda ilk bor imomlarning sport jamoalari va “Zakovat” klubi tashkil etilgani alohida ta’kidlandi.


Tadbir yakunida fidoyi va tashabbuskor soha xodimlari hamda mahalla faollariga tuman hokimligining Tashakkurnomalari topshirildi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Surxondaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Qumqo‘rg‘onda diniy soha xodimlarining faoliyati sarhisob qilindi Qumqo‘rg‘onda diniy soha xodimlarining faoliyati sarhisob qilindi Qumqo‘rg‘onda diniy soha xodimlarining faoliyati sarhisob qilindi Qumqo‘rg‘onda diniy soha xodimlarining faoliyati sarhisob qilindi Qumqo‘rg‘onda diniy soha xodimlarining faoliyati sarhisob qilindi