Shu yilning 7 sentyabr kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Paxtaobod tumanidagi “Muazzimboy” jome masjidida shahar va tumanlar bosh imom-xatib va bosh muxtasiblari, tumandagi imom-xatiblarning sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda notiqlar tomonidan Paxtaobod tumanidagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, masjidlarda faoliyat samaradorlikka erishgan va boshqalarga ham namuna ko‘rsatib kelayotgan Xo‘jaobod tumani bosh imom-xatibi Maqsudali domla Qosimov, Izboskan tumani bosh muxtasibi Xasanboy Ibroximov va Paxtaobod tumanidagi “Muazzimboy” jome masjidi imom-xatibi Muhammadabdulloh domla Ahmedovlar viloyat vakilligining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Yurtimizda milliy sport turlarini ardoqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan "Muftiy kubogi" musobaqasiga start berilgan edi.
Shu yil 28 mart kuni Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Rasuljon domla Abdullayev boshchiligida viloyatdagi masjid imom-xatiblari va noiblari o‘rtasida milliy kurash bo‘yicha saralash bosqichlari o‘tkazildi.
Bellashuvlar kutilganidan ham qizg‘in va shiddatli kechdi. Din xizmatida bo‘lgan ulamolarimiz bu gal maydonda o‘zlarining jismoniy mahoratlarini namoyish etdilar.
Tadbir yakunida viloyat bosh imomi vohamizning alp o‘g‘lonlari haqiga xayrli duolar qilib, ularning kelgusi bosqichlarda ham qo‘llari baland bo‘lishini tiladilar.
Surxondaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati