Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Aprel, 2026   |   24 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:24
Quyosh
05:47
Peshin
12:29
Asr
17:04
Shom
19:05
Xufton
20:21
Bismillah
13 Aprel, 2026, 24 Shavvol, 1447

Ajva jannatdandir

07.10.2024   6838   2 min.
Ajva jannatdandir

Qur’onda xurmo yigirma martadan ortiq zikr qilingan. Jabroil alayhissalom Maryamga Iso alayhissalomni tuqqanidan keyin yangi xurmo mevasidan yeyishni maslahat berdi:

“Xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini tashlar” – Maryam surasi, 25-oyat.

“Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shom namozini o‘qimasdan oldin bir necha xurmo bilan og‘iz ochar edilar. Agar xurmo bo‘lmasa, xurmo qoqisi bilan ochar edilar. Agar quritilgan xurmo ham bo‘lmasa, bir necha qultum suv ichar edilar” – Imom Termiziy rivoyat qilgan, 696.

Hadislarda xurmoning foydalari, shuningdek, uning mo‘minga o‘xshashligi haqida ko‘p marta aytilgan. Lekin xurmo navlari orasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, ayniqsa ajvani alohida ta’kidlaganlar. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi,“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ajva jannatdandir, u zaharlanishga qarshi davodir” – Imom Termiziy rivoyat qilgan, 2066.

Imom Munaviy aytadi: “Ajva shakli va nomi jihatidan jannatdagi ajvalarga o‘xshab ketadi, lekin shirinligi va ta’mi jihatidan emas”. Ajva Hijoz bo‘yicha tana uchun eng foydali, yoqimli va mazali xurmodir. Mana shu xususiyatlariga ko‘ra boshqa navlardan ustunligini anglatish uchun “ajva jannatdandir” degan ta’rif qo‘llanilgan.

Aksariyat olimlarning fikriga ko‘ra, hadisdagi bu xurmo Madina plantatsiyalarida o‘sadigan ajva naviga tegishlidir, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaharga baraka so‘rab duo qilganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Yo Alloh! Bizga, mevalarimizga, shahrimizga, so’larimizga va muddlarimizga barakot ber”.

So’ va mudd o‘lchov birliklari:

So’ – o‘lchov idishi, jumhur ulamolar va imomayn nazdida = 2,750 l. yoki 2,176 kg; Abu Hanifa rahmatullohi alayh nazdida = 4,125 l. yoki 3,264 kg.

1 mudd – katta bir hovuch = 0,6875 l. yoki 0,544 kg.

Sahobalar pishib yetilgan ilk mevani Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga keltirardilar. U zot mevani qo‘llariga olib, yuqoridagidek duo qilardilar. So‘ngra o‘sha joydagi yosh bolalarga u mevani berardilar.

Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Oz narsa bilan baxtli bo‘lish ko‘pi bilan baxtsiz bo‘lishdan yaxshidir

13.04.2026   3291   1 min.
Oz narsa bilan baxtli bo‘lish ko‘pi bilan baxtsiz bo‘lishdan yaxshidir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Umringiz chegaralangan. U xursandchilik, shodlik, rozilik, sakinat va qanoat umridir. Ochko‘zlik, tama va bezovtalik sizning umringizdan emas, balki ular sizning sog‘lig‘ingiz, tinchligingiz va chiroyingizga zid keladigan, zarar beradigan narsalardir. Shunday ekan, siz doimo Allohdan rozi, sizga berilgan narsaga qanoatli, taqdirga iymonli va kelajakka yaxshi umidli bo‘ling. Siz soyasi juda oz, ko‘rgan insonni quvnatadigan, arzon narslarga bog‘lanib qolmagan va guldan gulga qo‘nib, bog‘dan bog‘ga sayr qiladigan go‘zal kapalak kabi bo‘ling. Yoki pok narsa tanovul qilib, pok narsa beradigan, biror gulga qo‘nsa uni sindirmaydigan, xushbo‘y narsaga qo‘nib, uni yaralamaydigan, asal berib, chaqmaydigan va muhabbat ila parvoz etadigan asalari kabi bo‘ling.

Shu’la: Alloh taolo ko‘p tavba qiluvchilarni sevadi. Chunki ular Unga qaytishgan va holatlarini U zotga shikoyat etishgan.

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Maqolalar