Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2026   |   20 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:56
Bismillah
08 May, 2026, 20 Zulqa`da, 1447

Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi

28.11.2024   32549   1 min.
Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar xazratlarining tashabbuslari bilan Respublikamizdagi masjidlarda faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblarining Qur’on qiroati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning sentyabr oyida tajvid ilmi bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari boshlangan edi.


Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarining navbatdagisi shu yil 27 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblar uchun Nukus shahridagi "Imom Eshon Muhammad" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.


O‘quv mashg‘ulotida "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum ham ishtirok etib, tinglovchilarga kerakli tavsiyalarni berdi.


Shu kunning o‘zida Nukus shahridagi "Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy" madrasasida ham “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum ishtirokida  talabalar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi.


Suhbat asnosida madrada talabalari Qur’on tajvidi borasidagi savollariga batafsil javob oldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi Qoraqalpog‘istondagi imom-xatiblarga amaliy mashg‘ulot, talabalarga  ilmiy suhbat o‘tkazildi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bu namozning savobi - umraga teng

08.05.2026   582   1 min.
Bu namozning savobi - umraga teng

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Usayd ibn Zuhayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qubo masjididagi namoz(ning savobi) xuddi umra kabidir", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Maqolalar