Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Aprel, 2026   |   26 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:44
Peshin
12:28
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:24
Bismillah
15 Aprel, 2026, 26 Shavvol, 1447

Juma xutbasida duo qilish

29.11.2024   9746   1 min.
Juma xutbasida duo qilish

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam jumada xutba qilib turganlarida bir odam  huzurlariga kelib: «Yo Allohning Rasuli, chorvalar halok bo‘ldi, yo‘llar kesildi. Allohga duo qiling!» – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qildilar».

Boshqa bir rivoyatda:

«U zot qo‘llarini ko‘tarib: «Allohim! Bizga najot (yomg‘iri) ber! Bizga najot (yomg‘iri) ber! Bizga najot (yomg‘iri) ber!» – dedilar. Jumadan jumagacha yomg‘irda qolishdi. Shunda haligi odam kelib: «Ey Allohning Rasuli, uylar yiqildi. Yo‘llar qirqildi. Chorvalar halok bo‘ldi», – dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim! Tog‘lar va adirlar ustiga, vodiylar ichiga va daraxtlar o‘sadigan joylarga», dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:

«Allohim! Atrofimizga, bizning ustimizga emas!» – dedilar. O‘shanda (bulutlar) Madinadan xuddi kiyim yechilgandek sug‘urilib ketdi. Uning atrofiga yog‘a boshladi. Unga bir qatra ham yog‘may qo‘ydi. Madinaga nazar solsam, xuddi gul bilan o‘ralgan toshdek bo‘lib turgan ekan», deyilgan.

Beshovlaridan Termiziy rivoyat qilmagan.

“Juma haqidagi oyat va hadislar” kitobidan 

Boshqa maqolalar
Videolar

Yetimlarning pullaridan foydalanib turish joizmi?

14.04.2026   5006   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, Faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".


Saidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.

Videolavhalar