Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Aprel, 2026   |   20 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:32
Quyosh
05:54
Peshin
12:30
Asr
17:02
Shom
19:00
Xufton
20:16
Bismillah
09 Aprel, 2026, 20 Shavvol, 1447
Maqolalar

03.02.2025   8441   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Payg‘ambarimiz ﷺga salavot aytishning fazilati

09.04.2026   3357   1 min.
Payg‘ambarimiz ﷺga salavot aytishning fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Imom Suyutiy rahimahulloh aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ga ko‘p salavot aytish rizqlarni ko‘paytiradi, barakalarni ziyoda qiladi, hojatlarni qondirib beradi, g‘am-tashvish va barcha qayg‘ularni ketkazadi".

Ibn Qayyim al-Javziya rahmatullohi alayhi aytadilar: "Agar mo‘minlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishning fazilatini bilganlarida, tillari hech qachon undan to‘xtamas edi. Albatta, Payg‘ambarga salavot aytish qalbingdagi barcha niyatlar ijobat bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Uning samaralaridan biri — Qiyomat kuni sirot ko‘prigida sobit turish va undan o‘tishga yordam berishi".

Ibn al-Javziy rahimahulloh aytadilar: "Agar Alloh bir bandasiga yaxshilikni istasa, uning tilini Muhammad ﷺ ga salavot aytishga oson qiladi".

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytishda quyidagi fazilatlar bor: "Gunohlar kechirilishi, xatolarning yuvilishi, duolarning qabul bo‘lishi, hojatlarning qondirilishi, qiyinchilik va g‘amlarning ketishi, yaxshilik va barakalarning kelishi, Yer va Osmon Robbisining roziligiga erishish. Shuningdek, u qabrda egasi uchun nur bo‘ladi va turli balolardan najot beradi".

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish sening g‘amingni ketkazadi va gunohlaringni kechirilishga sabab bo‘ladi. Shu bilan sen dunyo va oxirat baxtiga erishasan.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot aytadilar. Ey iymon keltirganlar! Sizlar ham unga salavot aytib, salom yo‘llanglar”.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar