Sayt test holatida ishlamoqda!
04 May, 2026   |   16 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:47
Quyosh
05:17
Peshin
12:25
Asr
17:18
Shom
19:27
Xufton
20:51
Bismillah
04 May, 2026, 16 Zulqa`da, 1447

Hotira va qadrlash-insoniy iftixor

08.05.2024   856   3 min.
Hotira va qadrlash-insoniy iftixor

9 may – Hotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qahramona, vatanimizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag'ishlangan. O'tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning ruhlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan.

O'tganlar ruhini yod etish, tiriklarga mehr-oqibat ko'rsatish qadriyat, qolaversa, har bir kishining insoniylik burchi sanaladi. Mana shu ezgu fazilatlar «Hotira va qadrlash» kuni munosabati bilan yanada yorqin namoyon bo'ladi.

Aziz va mukarram inson zotining yoshi xam, keksasi xam, ayoli xam, erkagi xam birdek qadr-qimmatga egadir. Muqaddas Islom dini inson kadrini shu darajada yuqori ko'targanki hatto, uning tirigi bilan o'ligining hurmati birdek qadrlanadi. Dunyodan utib ketgan marhum yaqinlarimizni doimo yaxshi sifatlar bilan eslash xam insoniylik burchimizdir. Bu xakida muborak hadisi sharifda Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom “Dunyodan utganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar” deganlar. (Termiziy rivoyati)

Biz utganlarni maxsus bir kunda, ayni 9 mayda xotirlashimiz ramziy ma'noda bo'lib, aslida har doim har lahzada ularni eslab duolar qilamiz, ularning hayot yo'llarini o'rganib ulardan namunalar olamiz. Shuningdek, kelajak avlod bo'lmish farzandlarimizga xam utgan ajdodlarimizning hayoti biz uchun ulkan namuna ekanini uqtirib kelamiz. Ularning yaxshiliklarini hamisha xar doim yodda tutamiz. Zero,tarixiy xotirasiz kelajak yo'q, deb bejizga aytilmagan. Hotira va qadrlash degan gaplar bir kunlik an'anaga bog'lanib qolmasligi kerak. Vatan, millat, din yo'lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi bizlar uchun qanchalik ardoqli va muqaddas bo'lsa, keksalik yoshiga etgan ulug'larimizning kadriga etish, hurmatlarini joyiga kuyish xam shunchalik muhimdir.

Aynan o'tganlarni yodlash asnosida yana bir muhim ish – insonni tirikligida, ko'zi ochiqligida qadrlash, e'zozlashdir.

Do'stlar, yaxshilarni avaylab saqlang,

Salom degan so'zning salmog'in oqlang.

O'lganda yuz soat yig'lab turgandan,

Uni tirigida bir soat yo'qlang.

deb bejiz aytilmagan.

Bu kunlarda qilinadigan xayrli ishlardan biri yoshi ulug' kishilarning x,olidan xabar olishimiz, ularning qalblariga xursandlik kiritishimizdir. Bu haqda Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom hadisi sharifda shunday deganlar: “Kichigimizga rahm qilmagan va kattalarimizning kadriga etmagan kimsa bizdan emasdir”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati)

Davlatimiz doimo urush qatnashchilari keksa yoshdagi otaxonlarimiz, onaxonlarimiz va barcha nafaqaxo'rlarga katta diqqat e'tibor bilan g'amxo'rlik qilib kelmoqda. Yaratgandan barcha marhum ajdodlarimizni Uzining rahmatiga olib ularning haqlariga qilayotgan duolarimizni qabul qilib, oramizda hayot qolganlariga farovon hayot tinchlik va ofiyat berishini so'rab qolamiz.  Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qahramonlarimizni ruhlari shod oxiratlari obod bo'lsin.

 

Yangiyo'l tumani “Imom Sulton” jome masjidi

imom xatibi Odiljon Narzullayev

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ziyoratchilarning ilk guruhlari muborak safarga kuzatildi

04.05.2026   1558   2 min.
Ziyoratchilarning ilk guruhlari muborak safarga kuzatildi

Poytaxtimizdagi “Novza” masjidida “Haj – 2026” mavsumining ilk ziyoratchilarini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yuzida quvonch, tilida shukrona bilan muqaddas zaminga oshiqayotgan hamyurtlarimiz ziyoratlarini eson-omon ado etib, yurtimizga qaytishini so‘rab, duolar qilindi.

Yaqinlarini muborak safarga kuzatayotgan yurtdoshlarimizning ham nigohida havas va sog‘inch tuyg‘ulari balqiydi: ular ham mana shunday saodatli kunlar va Ka’batulloh ziyorati o‘zlariga ham nasib etishini chin dildan niyat qilgan bo‘lsa, ajabmas.

Aytish joizki, O‘zbekistondagi 2026 yilgi haj mavsumi 2 maydan boshlandi. 18 mayga qadar har kuni mamlakatimizning 9 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Saudiya Arabistonining Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

– Yurtimizda diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli so‘nggi yillarda mo‘min-musulmonlar islomning barcha ruknlari, xususan, haj amallarini to‘la-to‘kis ado etish baxtiga noil bo‘lmoqda, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov. – Xususan, bu yil ham haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, meningit kasalligiga qarshi emlandi. Ularga rasmiy haj vizalari va boshqa zarur hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Muborak safar qatnashchilariga guruh rahbarlari mas’ul qilinib, safar oldi mashg‘ulotlari o‘tkazilyapti. Ayol ziyoratchilar uchun ham alohida ayol mutaxassis va shifokorlar  ajratilgan. Shuningdek, har bir ziyoratchiga “Haj – buyuk ibodatdir” qo‘llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta, quvvatlagich taqdim etilmoqda.

– Quvonch va hayajonimizning cheki yo‘q, – deydi ziyoratchilardan biri Nabi Vahobov. – Yaratganga behisob shukrki, orzu-armonlarimiz ushalmoqda. Haj ziyoratiga yo‘lga chiqyapmiz. Biz uchun yaratilgan qulayliklardan behad xursandmiz. Bularning barchasi yurtimizda “Inson qadri uchun, inson baxti uchun!” degan ezgu tamoyilning amaliy ifodasi. Nasib etsa, ziyoratimiz davomida Allohdan yurtimizdagi tinchlik-omonlik, taraqqiyot va farovonlikni bardavom etishini so‘rab, duolar qilamiz. 

Makka shahrida ziyoratchilarning asosiy qismi bir hududdagi mehmonxonalarga joylashtiriladi. Shuni ham eslatish zarurki, yurtdoshlarimiz bugungi murakkab zamonda Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan yangi qonun-qoidalarga qat’iy amal qilishi, ogohlikni oshirishi shart.

Ayni paytda Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan “Haj  – 2026” mavsumi ishchi guruhlari hamkor tashkilotlar bilan birga mehmonxonalar, Mino va Arofot vodiylarida ziyoratchilar ibodatlarini bekamu ko‘st ado etishi uchun munosib sharoitlar tayyorlash bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida haj amallari haqidagi suhbatlar, tavsiyalar va maqolalar taqdim etilmoqda.

 

“Xalq so‘zi”

Yangiliklar