Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Sentabr, 2026   |   9 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:49
Quyosh
06:08
Peshin
12:17
Asr
16:35
Shom
18:28
Xufton
19:43
Bismillah
20 Sentabr, 2026, 9 Rabi`us soni, 1448

Qarzni uzishda dollar kursi o'zgarsa

20.05.2024   2741   2 min.
Qarzni uzishda dollar kursi o'zgarsa

Cavol: Agar men biror insonga 100 dollar qarz bersam, men qarz bergan paytda dollar kursi bir million so'm bo'lib, qarzni qaytarib olganimda kurs bir million 50 ming bo'lib qolgan bo'lsa, shu 50 ming ribo bo'lib, menga harom bulib kolmaydimi?

 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Pulda qarz oldi-berdi qilishda qancha summa berilsa, shuncha summa qaytib olinadi. Siz yuz dollar qarz bersangiz, yuz dollar qaytarib olasiz. Uning so'mga nisbatan qiymatining tushishi yoki oshishining ahamiyati yo'q. Demak, siz aytgan holatda gunohkor bo'lib qolmaysiz. Chunki shariat qoidasiga ko'ra qarz uchun nima va qancha miqdorda olinsa, shunday shaklda qaytariladi. “Badoye'us sanoye'” kitobida bunday deyilgan: “Qarzga oid hukmga kelsak, u olinishi bilan qarzdorning mulkiga aylanadi va shu zahoti olingan qarzning mislicha qarzdorning zimmasiga vojib bo'ladi”.

Ya'ni qarzning olinishi va berilishida bir xil bo'lishi lozim.

“Raddul muhtor” kitobida quyidagi iboralar keladi: “Qarzlar o'z mislicha ado etiladi”.

Qarz borasida bilib qo'yish kerak bo'lgan yana bir narsa bor. So'mda qarz berayotib, o'sha kungi dollar kursi bilan qiymatlab berib, olish vaqtida shu vaqtdagi dollar kursidagi so'mni olish joiz emas.

Masalan, bir kishi qarzdorga 100 dollarning so'mga nisbatan qiymati bir million bo'lgan vaqtda 100 dollarga hisoblab, bir million so'm qarz berdi. Bir oydan keyin dollar kursi oshib, 100 dollar bir million 50 ming so'm bo'lib qoldi. Bu holatda haqdor faqatgina bergan summasini, ya'ni bir millionni oladi xolos. Dollarga hisoblab, bir million 50 ming so'm olishi siz aytgandek, ribo bo'lib qoladi. Chunki bu shakldagi qarz oldi-berdi amaliyoti “Qarzlar o'z mislicha ado etiladi”, degan qoidaga zid bo'ladi. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   81672   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari