Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Mart, 2026   |   9 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:52
Quyosh
06:12
Peshin
12:33
Asr
16:54
Shom
18:49
Xufton
20:02
Bismillah
29 Mart, 2026, 9 Shavvol, 1447

Mavlid oyi

24.11.2018   20088   1 min.
Mavlid oyi

Mavlid oyi bo‘ldi elga mukarram,

Boisi tug‘ilgan rasuli akram.

Oylarni ichinda bo‘lak ehtirom,

Qilar halqim bu oyni izzati ikrom.

Muborak ulug‘ oy salom assalom!

Robiul avvalni dushanba kuni,

Tug‘ildi bu kunda olam sarvari.

Ollohni tanlagan xos rasuli,

Bandalar ichinda tanlagan quli.

Qabul aylang ummatni sizga salomi!

Ollohni rasuli tug‘ilgan bu oy,

Mo‘jiza xislatga bu oy juda boy.

O‘chib qoldi ming yil o‘chmagan olov,

Yakson bo‘ldi ka’badagi butlar va sanam.

Bizdan salom qabul aylang rasuli akram!

Mo‘minlar boshidan ketib jaxolat,

Ziyo bo‘lib keldi ilmu ma’rifat.

Vayron bo‘ldi shu kecha Xisrav saroyi,

Quridi ko‘p turgan savani ko‘li.

Ollloh yaxshi ko‘rgan zot, rasul tufayli!

Kofirlar, mushriklar qilib nadomat,

O‘tgan kunlariga qildilar nafrat.

Olloh suyugan payg‘ambari sizga salovat,

Ollohni rasuli tug‘ilgan bu oy.

Salovot salomni aytingiz bisyor!

Arziydi har kuni aytsangiz ko‘p bor,

Oxiratda rasululloh shafoati bor.

Salovotni to‘xtatmang bu oyda zinhor,

Rasululloh sizga bo‘lsin salovot ming bor.

Oxiratda rasul akram shafoati bor!

Har kim aytsa haq rasulga salom salovot,

Barcha etar topganidan exson xasanot.

Haq habibi rasuliga qilib ehtirom,

Umid qilib har bir ummat sizdan shafoat.

Sizga bo‘lsin rasululloh salom-salovat!

 

Muhammad MUKARRAMOV,

Koson tumani bosh imom-xatibi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi

27.03.2026   7260   1 min.
Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi

#xabar #shvetsiya #muftiy

Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahri markazidagi “Zayd ibn Sulton al-Nahayyon” masjid-majmuasida O‘zbekiston delegatsiyasi va Shvetsiya diniy peshvolari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.  


Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Yangi O‘zbekistondagi diniy islohotlar haqida so‘zlab berdi. Ayniqsa, yurtimiz masjidlarida mo‘min-musulmonlar uchun qilingan sharoitlar, turli hududlarda Qur’on kurslari faoliyat ko‘rsatayotgani, mintaqada yagona bo‘lgan Fatvo markazi xizmat ko‘rsatishi, imomlar va qorilarning xorij safarlari shvetsiyalik soha vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. 


Muftiy hazratlari o‘z so‘zi davomida Ramazon hayiti arafasida Davlatimiz rahbari tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy masjid-majmuasi xalqimizga tuhfa etilganini aytish barobarida mezbon davlat vakillarini mazkur muhtasham majmualar bilan yaqindan tanishish uchun O‘zbekistonga taklif etdilar. 


Muloqot davomida masjid bosh imomi Mahmud Xalfiy O‘zbekistonning tarixi buyukligi, bu diyordan yetishib chiqqan mutafakkirlar dunyo rivojiga ulkan hissa qo‘shgani, xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi ulamolar diniy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan bo‘lsa, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek singari olimlar dunyo ilm-fani rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgani, bugun ham bu diyor taraqqiy etayotganini e’tirof etdi. 

Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Kristian Kamil o‘z so‘zida O‘zbekiston va Shvetsiya davlatlarining o‘xshash jihatlari ko‘pligini ta’kidlab, ikki davlat delegatsiyalarining o‘zaro muloqoti davomida katta natijalarga erishilayotganini ta’kidladi.  


Muloqot samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi Shvetsiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi
Dunyo yangiliklari