Cavol: Qibla tarafda uxlab yotgan yoki gaplashib o‘tirgan odamning ortida namoz o‘qisa bo‘ladimi?
Javob: Qiblaga qarab o‘tirgan yo turgan kishining ortida namoz o‘qisa bo‘ladi. Payg‘ambarimiz Ikrimani qiblaga yuzlantirib qo‘yib ortida namoz o‘qiganlar.
Ammo namozxonga yuzlanib turgan yoki uni ibodatdan chalg‘itadigan darajada baland ovoz bilan gaplashayotganlar yonida, qibla tarafida uxlab yotgan kishi qirshisida o‘qish makruhdir (“Sharhi Avrod”).
O‘MI Matbuot xizmati
Insonparvarlik va mehr-muruvvat xalqimizning eng oliy qadriyatlaridandir. Ana shu ezgu an’ananing davomi sifatida 28 aprel kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida keng qamrovli xayriya va ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov boshchiligidagi diniy soha xodimlari, bo‘lajak "Haj – 2025" ziyoratchilari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida tumandagi kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi. Bemorlar ziyorat qilinib, ko‘ngillari ko‘tarildi. Shuningdek, adashgan va nosog‘lom turmush tarziga berilgan shaxslar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularga to‘g‘ri hayot yo‘li, oila va jamiyat oldidagi mas’uliyat haqida tushunchalar berildi.
Kun yakunida masjidlarda peshin namozidan so‘ng ma’rifiy suhbatlar tashkil etilib, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xayrli duolar qilindi. Zero, mehr-oqibat bor joyda — baraka va totuvlik barqaror bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati