Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Oktabr, 2026   |   29 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:11
Quyosh
06:29
Peshin
12:10
Asr
16:06
Shom
17:55
Xufton
19:09
Bismillah
10 Oktabr, 2026, 29 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha)

22.01.2026   14041   2 min.

Kecha, 21 yanvar kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Imom Termiziy nomidagi islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi hamda Samarqand Hadis ilmi maktabida “Sahihi Buxoriy” asari xatmi kutub qilinishiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ularda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda oliy diniy ta’lim muassasalari rahbariyati, ustozlar va talabalar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirlarda so‘zga chiqqan notiqlar tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan xatmi kutub tadbirlari soni ortib, uzluksiz davom etayotgani, xususan, “Sahihi Buxoriy” xatmi kutubi – hadis va sunnat borasidagi ilmlarni boyitish, bilim va tajriba almashish kabi manfaatlar bilan birga diyorimizga baraka va rahmat bo‘lishi alohida qayd etildi. 

Jumladan, Toshkent islom institutida Qur’on tilovati bilan boshlangan marosimda institut rektori Uyg‘un G‘ofurov tadbirni kirish so‘zi bilan boshlab berdi. So‘ngra O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov yurtimizda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohadagi yangilik va o‘zgarishlar, xususan, diniy ta’lim muassasalari faoliyati va ta’lim sifati tubdan yaxshilayotgani, ana shunday xatmi kutublar o‘qish yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida so‘zladi. “Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi  dots.nti Sayyid Rahmatulloh Termiziy “Sahihi Buxoriy” asarini xatmi kutub qilib o‘qishning fazilatlari haqida gapirdi. Katta o‘qituvchi Faxriddin domla Mamanosirov esa xatmi kutub qilish tartibi, shartlari va odoblari haqida eslatib o‘tdi.

Ustozlardan yana biri – Rahmatulloh domla Maxsumxonov xatmi kutubni boshlash ramzi sifatida “Sahihi Buxoriy” asarining avvalgi hadislarini o‘qib berdi. Boshqa hududlarda ham shu tartib asosida “Sahihi Buxoriy” asarining xatmi kutubiga kirishayotgan talabalarga duolar berildi. 

Ma’lumot o‘rnida, tariximizda “Qur’oni karim” xatm qilingani kabi “Sahihi Buxoriy” ham yozilganidan buyon to‘liq o‘qilib, xatm qilinib, undan baraka hosil qilingan. “Sahihi Buxoriy” to‘liq o‘qilib, xatmdan so‘ng qilingan duolar ijobat bo‘lgani juda ko‘plab tajribalardan o‘tgan haqiqat. 

Alloh taolo “Sahihi Buxoriy” xatmiga kirishgan ustoz va tolibi ilmlarga kuch-quvvat berib, bu ezgu an’ana tufayli yurtimizda tinchlik-ofiyat, xayru baraka ziyoda bo‘lishini nasib aylasin.   

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida xatmi kutublar boshlandi (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Imom Termiziy merosi xalqaro miqyosda o‘rganilmoqda

09.10.2026   46231   1 min.
Imom Termiziy merosi xalqaro miqyosda o‘rganilmoqda

Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Qohiradagi Al-Azhar universiteti, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamkorligida onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi.

“Imom Termiziy merosi: merosni qabul qilish va o‘rganish an’analari hamda undan zamonaviy foydalanish istiqbollari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda Imom Termiziyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uning hadis ilmi rivojidagi o‘rni, alloma asarlarining keyingi avlodlar tomonidan qabul qilinishi va tadqiq etilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Seminarda Qohiradagi Al-Azhar universiteti Islomiy da’vat fakultetining islomiy da’vat va madaniyat yo‘nalishi dots.nti, professor doktor Odil Abdulloh Hindiy ma’ruza qildi. Unda Imom Termiziyning ilmiy merosi, xususan, allomaning hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, asarlarining ilmiy ahamiyati va ularni zamonaviy tadqiqotlar asosida o‘rganishning dolzarb jihatlariga to‘xtaldi.

Shuningdek, buyuk muhaddis merosini xalqaro miqyosda tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, ilmiy manbalardan zamonaviy ta’lim va tadqiqot jarayonlarida samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Imom Termiziy merosini o‘rganishga qaratilgan bunday ilmiy muloqotlar alloma ilmiy merosining xalqaro miqyosda yanada keng tadqiq etilishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati