Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Avgust, 2025   |   12 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:52
Quyosh
05:23
Peshin
12:34
Asr
17:28
Shom
19:38
Xufton
21:02
Bismillah
06 Avgust, 2025, 12 Safar, 1447

Qizingizning yigiti bormi?

09.01.2024   1195   7 min.
Qizingizning yigiti bormi?

Qiz bola o'g'il bolaga nisbatan ko'proq e'tibortalab bo'ladi. Ayol kishining fitratidagi erkak kishining mehriga muhtojlik bolalik paytlaridayoq ko'zga tashlanadi. Qiz bola eng avval muhtoj bo'ladigan erkak bu albatta uning otasidir.

Qiz bolaga onasi har qancha mehr bermasin, otaning o'rni baribir bo'lakcha bo'ladi. Agar ota o'z vaqtida bu mas'uliyatni his qilmasa, qiziga etarlicha mehr berib, uni keragicha sevib ardoqlamasa, qiz bola bu mehrni boshqalardan qidirishga majbur bo'ladi. Chunki mehrga tashnalik xuddi qorni och odamning qornini to'ydirishga bo'lgan ehtiyojiga o'xshaydi. Natijada duch kelgan yomon niyatli yigit qiz bolani o'z domiga ilintiradi. Hali hayot tajribasiga ega bo'lmagan, oq-qorani yaxshi ajrata olmaydigan yosh qiz yigitlarning shirin so'zlariga, xom va'daliriga chippa-chin ishonadi va ming afsuslar bo'lsinki, bunday munosabatlar oxir-oqibat tuzatib bo'lmas xatolarga etaklaydi.

Ota o'zining qiziga shu qadar e'tiborli, shu qadar g'amxo'r bo'lishi kerakki, unga boshqa erkaklarning e'tibori kerak bo'lmay qolsin. Qiziga etarlicha g'amxo'rlik qilish bu uni begona nazarlardan, har xil tuzoqlardan himoya qilish, atrofini qo'rg'on bilan o'rab qo'yish demakdir.

Qiz bola kiyimlarini kiyib ko'chaga chiqar ekan, eng birinchi maqtovni, xushomadni otasidan eshitishi kerak. Agar otasi uni “Mashaalloh, qizim, juda ochilib ketibsan, kiyimlaring o'zingga juda yarashibdi, o'zimning go'zal, farishta qizim, Alloh seni O'z panohida asrasin” deb erkalasa, qiz bolaning qalbi mehrga to'lib toshadi. Ko'chaga chiqqanidan keyin birorta nomahramning xushomadiga, ilmoqli gaplariga e'tibor qilmaydi, iffatini saqlay oladi.

Men soham taqozosi bilan yigitlarning shirin yolg'onlariga aldanib qolgan ko'plab qizlar bilan gaplashganman. Ulardan nega bunday nomaqbul ishlarni qilganlari haqida so'raganimda ularning aksariyati o'zlarining mehrga, e'tiborga muhtoj bo'lganlari va shu e'tiyojni qondirgan eng birinchi odamga aldanganlari haqida aytishgan.

Bir kuni muallifi noma'lum bo'lgan xat oldim. O'qib ko'rsam, bir yosh qiz tarafidan yuborilgan ekan. Bu qiz o'zining maktubida litseyda o'qishi, oilaviy muhitlari yaxshi emasligi, otasi unga umuman e'tibor bermasligi, uni suyib erkalamasligi haqida yozgan. Hatining oxirida “Menga ko'p yigitlar sevgi izhor qiladi. Lekin Allohga bo'lgan qo'rquvim sababli ularning birortasiga javob bermayman. Ichimda ularning muhabbat izhorlaridan, menga yozadigan she'rlaridan zavq tuysam-da, bu hislar shaytondan ekanini bilib o'zimni tiyaman. Lekin bu ahvolda ularning birortasiga aldanib qolshidan xavotirdaman. Menga maslahat bering” deya muammolariga echim so'ragan.

Shunga o'xshagan maktublarni menga bir nech bor yuborishgan. Nega jamiyatda qizlar bu ahbolga tushib qolishgan? Bu muammoning ildizi otalarga borib taqaladi.

Bir kishi o'z qizi haqida shunday hikoya qiladi: “Qizim maktabda 5-sinfda o'qirdi. Bir kuni onasiga: “Sinfimizdagi qizlarning o'z sevgan yigitlari bor, lekin mening yigitim yo'q” deb shikoyat qilayotganini eshitib qoldim. Qizimning bu gapi men uchun go'yo yuzimga urilgan tarsakidek bo'ldi. Chunki qizimning holatidan ko'cha-ko'yda faqat ish bilan ovora bo'lib, qizimga kerak mehrni berolmaganimni, oqibatda qizim bu narsani ko'chadan izlay boshlaganini angladim. Agar vaziyatni vaqtida o'nglashga kirishmasam, ertaga ko'ngilni xira qiladigan oqibatlarga olib kelishi turgan gap edi. Qizimning boshini silab “Qizim, men borman-ku, men sening yigiting bo'laman” dedim. Qizim ko'zlarini katta-katta ochib “Iya, dadajon, qanday qilib? Dugonalarimning yigitlari maktabdan chiqishda ularni kutib turishadi, har xil tamaddixonlarga olib borishadi-ku!” dedi. Men ham bo'sh kelmay “Men ham seni maktabdan chiqishingda kutib turaman, seni eng zo'r tamaddixonlarga olib boraman” dedim. Qizim yana ajablanib: “Ular qizlarga gullar berishadi” dedi. “Men senga eng go'zal gullar hadya qilaman” dedim. Qizim bir zum o'ylanib qoldi. Keyin aytgan gaplarim ma'qul keldi shekilli, yuziga tabassum yugurib o'zida yo'q sevinib ketdi. “Kelishdik, dadajon” deb bo'ynimdan quchdi.

Qizimga aytgan gaplarim quruq va'daligicha qolmadi. Hamma aytgan ishlarimni bajardim. Qizimni har kuni maktabdan chiqishida kutib turadigan bo'ldim. Uni bog'larga olib bordim, gullar, tur xil shirinliklar olib berdim. Unga ko'p vaqt ajratib otalik mehrimni berdim.

Bir kuni maktabdan chiqishda qizim yonidagi dugonalariga uzoqdan meni ko'rsatdi. Dugonalariga nimalardir dedi. Gapirish ohangidan, yuz ko'zlarining harakatidan maqtanayotganga o'xshardi chamamda. Dugonalari ham unga nimalardir deb javob qaytarishdi. Keyin qo'l siltashib xayrlashishdi. Qizim oldimga kelgach, undan dugonalariga nima deganini qiziqib so'radim. Keyin bilsam, qizim ularga “Ana mening otam” deb maqtanibdi. Dugonalari “Senga havasimiz keladi, qanday ham yaxshi, otang kelib seni kutib oladilar. Bizning ham otalarimiz kelishsa edi, bu yigitlar bilan yurmasdik” deyishibdi. Shu payt ich-ichimdan xursand edim. Qizimning ko'zlaridagi quvonch qalbimga cheksiz xotirjamlik baxsh etardi.

Shu tahlitda qizim to aqlini yig'ib oq-qorani, yaxshi-yomonni ajratadigan bo'lguncha undan mehrimni ayamadim. To'g'ri, bu mendan ko'p vaqt va fidokorlik talab qilardi. Lekin erishganlarim shularga arzirdi. Allohning fazli va irshodi ila qizimni iffatli, pokiza holida turmushga berdik. Hozirda mana shu qizimdan bir qiz nabiram bor. Men nevaramning baxtu iqboli uchun uning ham “yigit”i bo'lishga tayyorman. Chunki qiz bola-ayol kishi doimo erkak kishining mehriga muhtoj. Unga mas'ul erkaklar-otasi, aka-ukasi, turmush o'rtog'i, o'g'li kabi yaqinlari bu narsani vaqtida anglab etishlari zarur.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining

Farzand tarbiyasida 700 ta saboq” kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

04.08.2025   3486   1 min.
Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

#Imom_Moturidiy

يقول أبو المعين النسفي : "والشيخ الإمام أبو منصور الماتريدى رحمه الله كان من أشد الناس اتباعًا لأبي حنيفة فى الأصول والفروع جميعا"

Abul Mo‘iyn Nasafiy rahimahulloh aytadilar: "Usulda ham, furu’da ham, Imom Abu Hanifa yo‘lini tutgan odamlarning eng mahkami Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahullohdir".  

"At-Tamhid li-qavoidit-tavhid" kitobi (23-bet)

Manba: @AhliSunnaValJamoaUz

INFOGRAFIKA